Asosiy qismga o'tish

Daftaringizni telefonga ko'chiring: qarz, foyda va ombor o'zi hisoblanadi.

Savdo va to'lovni yozasiz, hisobni dastur qiladi. Siz tasdiqlamaguncha hech narsa saqlanmaydi.

Hisobchi Go telefonda: savdo qatorlari, jami summa va tasdiqlash tugmasi

Daftar va ruchka bilan shunday bo'ladi

Savdogarlar bilan suhbatda eng ko'p shu narsalar aytildi:

  • Kim qancha qarz?

    Daftar varaqlarini titkilab, kim sizga va siz kimga qarzdorligingizni qidirasiz.

  • Foyda qancha, tovar qancha qoldi?

    Bugun qancha ishlaganingiz va javonda nima qolgani doim ham aniq bo'lmaydi.

  • Kalkulyatorda bir tugma adashsa, kamomad chiqadi

    Qo'lda hisoblaganda xato chiqadi, oxirida pul yetmay qoladi.

Sizga nima beradi

  • Mijozlar ro'yxati: har mijozning qarzi va umumiy qarz

    Qarz

    Kim sizga qancha qarz, siz ta'minotchiga qancha qarzdorsiz: hammasi bitta ro'yxatda.

  • Hisobotlar sahifasi: bugungi savdo, foyda, kassa va qarzlar

    Foyda

    Har savdodan foyda tan narx bilan hisoblanadi. Tan narxi noma'lum qatorlar alohida ko'rsatiladi.

  • Ombor jadvali: tovar, qoldiq, tan narx va sotuv narxi

    Ombor

    Qoldiq kirim va savdodan o'zi chiqadi. Qo'lda sanash shart emas.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Do'kon oching

    Ro'yxatdan o'tib, do'koningiz nomini yozasiz.

  2. 2

    Tovar va ta'minotchini qo'shing

    Tovarlaringiz, narxlari va kimdan olishingizni kiritasiz.

  3. 3

    Savdo va to'lovni yozing

    Tovarni yozasiz yoki daftardagi spiskani yopishtirasiz (har qatorda «Nom 13x15.000»). Qarz, foyda va ombor qoldig'i o'zi yangilanadi.

Dastur har summani ikki alohida usulda hisoblaydi. Natija mos kelmasa, hech narsa saqlanmaydi va xato ko'rsatiladi.

Qog'oz daftarga o'xshaydi

Siz o'rgangan ustunlar o'z joyida: har mijoz va ta'minotchi uchun alohida varaq.

Mijoz varag'i: sana, Eski, Tovar, Jami, Berildi va Ostatka ustunlari
Eski
oldingi qarz
Tovar
bugungi tovar summasi
Berildi
to'langan pul
Ostatka
hozirgi qarz

Ostatka = Eski + Tovar − Berildi. Buni dastur hisoblaydi.

Ko'p beriladigan savollar

Ma'lumotim xavfsizmi?

Ma'lumotingiz do'koningiz hisobida saqlanadi va uni faqat do'kon a'zolari ko'radi. Yozuvlar o'chirilmaydi: xato bo'lsa, teskari yozuv bilan tuzatiladi. Batafsil: «Maxfiylik» sahifasi.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Telefon brauzerida ochasiz, alohida o'rnatish shart emas. Kompyuterda ham shunday ishlaydi. Alohida o'rnatiladigan ilova hozircha yo'q.

Daftarimni ko'chira olamanmi?

Qog'oz daftarni o'zi avtomatik o'qiydigan imkoniyat hozircha yo'q. Savdo yoki kirim spiskasini esa matn qilib yopishtirsangiz bo'ladi. Eski qarzlarni mijoz va ta'minotchi varag'iga bir marta o'zingiz kiritasiz, keyin hisob o'zi yuritiladi.

Nima uchun kerak?

Qarz, foyda va ombor bir joyda bo'ladi, hisobni kalkulyator o'rniga dastur qiladi. Shunda xato va kamomad kamayadi.

Hisobni dastur qilsa, xato qilmaydimi?

Har summa ikki alohida usul bilan hisoblanadi va ikkalasi mos kelmasa saqlanmaydi. Siz tasdiqlamaguncha hech narsa yozilmaydi.

Narxi qancha?

Narx haqida tez orada e'lon qilamiz.

Daftaringizni telefonga ko'chiring

Do'kon oching, savdo va to'lovni yozing: qarz, foyda va ombor o'zi hisoblanadi.